Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida kitobxonlik kechasi o'tkazildi

Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar o'rtasida "Kitobxonlik - tafakkurni charxlovchi kuch!" shiori ostida kitobxonlik kechasi o'tkazildi.

Kitobxonlik kechasini o'tkazishdan maqsad, talabalarni kitob o‘qishga jalb qilish, ularning bilim doirasini kengaytirish va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishdan iborat.

Talabalar o‘zning sevimli kitoblari haqida gapirib, ulardan olgan bilimlarini boshqalar bilan baham ko‘rdi. Shuningdek, kitob o‘qishning foydalari, uning inson tafakkuriga ta'siri haqida muhokamalar olib borildi.