Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida kitobxonlik targ'iboti o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli
tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar
o'rtasida kitobxonlik targ'iboti o'tkazildi va kutubxonalarga tashriflar amalga
oshirildi.
Qurilish fakulteti talabalari Shahrisabz shahridagi "Globus
Mall"da joylashgan kutubxonaga tashrif buyurdilar. Ushbu tashrif davomida
talabalar ko'plab kitoblar bilan tanishishdi.
Shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan Alisher Navoiy kutubxonasiga
ham borildi. Bu yerda talabalar turli janrdagi adabiyotlar bilan tanishib, o'z
bilimlarini kengaytirishdi.
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalarni yozgi ta'til
davomida o'z uyida kitob o'qishga jalb qilinmoqda va shu orqali ularning
bilim darajasini oshirish va ma'naviy rivojlanishiga hissa qo'shish maqsad
qilinmoqda.