Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida sport o'yinlari o'tkazildi
Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo'sh
vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi
doirasida talabalar o'rtasida "Sport - salomatlik garovi" shiori
ostida shaxmat, shashka, badminton va voleybol musobaqalari o'tkazildi.
Har bir sport turi bo'yicha qizg'in bahslar bo'lib
o'tdi. Talabalar o'z mahoratlarini namoyish etib, jamoaviy ruhda ishtirok
etishdi.
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida
o'tkazilgan sport o'yinlari talabalar o'rtasida jismoniy faollikni oshirish,
sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy aloqalarni
mustahkamlashga xizmat qildi. Talabalar o'zaro munosabatlarini rivojlantirib,
sportning ahamiyatini yanada chuqurroq angladilar. Ushbu tadbirlar kelajakda
ham davom ettirilishi rejalashtirilmoqda, chunki sport nafaqat salomatlik,
balki o'zaro hurmat va hamjihatlikni ham rivojlantiradi.