Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida taqdimot o‘tkazildi

Prezident tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida navbatdagi yozgi ijod markazining tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Menejment fakulteti 42-22-guruh talabasi Haydarov Muhammadaliy tomonidan, Arxitektura yodgorliklari kafedrasi mudiri Izzatilla Shoisoyev rahbarligida “Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasining tashqi bezaklarini tiklash loyihasi” mavzusida taqdimot tashkil etildi.

Taqdimot davomida maqbaraning tarixiy va madaniy ahamiyati, tashqi bezaklarni tiklash jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan usullar hamda zamonaviy restavratsiya yondashuvlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan ishtirok etdilar.

Mazkur tashabbus yoshlarning madaniy merosni asrab-avaylash, tarixiy obidalarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha bilimlarini oshirishga, amaliy tajribalarini boyitishga xizmat qilmoqda.