Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ekologiya yo‘nalishida tanlovlar o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazildi.

Tadbir doirasida ekologiya sohasiga oid dolzarb mavzularda talabalarning ilmiy-ijodiy ishlari taqdim etildi va ularning ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslari e’tirof etildi.

Tanlovda talabalar quyidagi mavzularda faol ishtirok etdilar:

  • “Ekologik muammolar”
  • “Ozon qatlamining yemirilishi sabablari va oqibatlari”
  • “Qurilish jarayonining atrof-muhitga ta’siri”
  • “Ekofertilizer”
  • “Ekologik madaniyat — barqaror kelajak garovi”
  • “Chiqindilarni ekologiyaga ta’siri”

Tanlov yakunida g‘oliblar aniqlanib, faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Tadbir talabalarda ekologik madaniyatni oshirish va atrof-muhitni asrashga mas’uliyat bilan yondashish ruhini mustahkamladi.