Toshkent arxitektura-qurilish universitetida is gazidan zaharlanishning oldini olishga bag‘ishlangan nazariy va amaliy mashg‘ulot o'tkazildi
Unda universitetning Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i O. R. Berdiyorov boshchiligida Olmazor hamda Yunusobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlari ishtirokida “Is gazidan zaharlanishning oldini olish” mavzusida navbatdagi nazariy-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Tadbirda Olmazor tuman FVB katta leytenanti Azimjonov Alisher G‘ofurjon
o‘g‘li, Yunusobod tuman FVB xodimi Xalilov Rovshanjon Muxtorkhonovich,
Yunusobod tuman FVB xodimi Jafaraliyev Javohir Saidjamol o‘g‘li, Yunusobod
tuman FVB xodimi Lutfullayev Botir Fotixjon o‘g‘li tomonidan is gazining
xususiyatlari, uning inson salomatligiga ta’siri, favqulodda holatlarda to‘g‘ri
harakatlanish qoidalari hamda amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar
berildi.
Mashg‘ulotda talaba va xodimlar uchun real holatlarga yaqinlashtirilgan
amaliy ko‘rsatmalar ham namoyish etildi.
