Toshkent arxitektura-qurilish universitetida is gazidan zaharlanishning oldini olishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Bino va inshootlar qurilishi fakulteti talabalari uchun Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari ishtirokida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashi va yong‘in xavfsizligining oldini olish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori S. Mardov ochib berib, mavzu yuzasidan o‘zining kirish so‘zini aytdi.

Uchrashuv universitet Fuqaro va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i O. R. Berdiyorov boshchiligida, bo‘lim mutaxassisi A. Ahunov, shuningdek tuman FVB xodimlari — katta leytenant A. Abdujalilov va mutaxassis A. Tuychievlar hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar yong‘in xavfsizligi qoidalari, is gazidan zaharlanishning oldini olish choralari va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish tartibi bo‘yicha nazariy ma’lumotlar bilan tanishtirildi hamda savol-javob shaklida tushuntirishlar berildi.