Toshkent arxitektura-qurilish universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda
Bugun
14-iyul kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida kasbiy (ijodiy)
imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
Imtihonlar Arxitektura, Dizayn (interyer dizayni), Tasviriy san'at va
muhandislik grafikasi hamda Amaliy san'at (badiiy naqqoshlik) ta'lim
yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi.
💠 Imtihon
natijalari universitetning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari hamda taqu.uz rasmiy
veb-sayti orqali e'lon qilib boriladi.
