Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Kasaba uyushmasi hamda
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi hamkorligida,
universitetning professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida 8-dekabr —
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan
“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini
tashkil etildi.
Tadbirda universitet Kasaba uyushmasi raisi Kasimova Feruza Ergashevna
hamda “Zakovat” professional klubi a’zosi Jabborov Yodgorbek hakamlik qildilar.
Intellektual bellashuvda jami 9 ta jamoa ishtirok etdi. O‘yin
yakunlariga ko‘ra g‘oliblik quyidagi tartibda taqsimlandi:
1-o‘rin — “Iqtisod” jamoasi
2-o‘rin — “Bino va inshootlar” jamoasi
3-o‘rin — “Ekologlar” jamoasi
G‘olib jamoalar universitet Kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho
sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
