Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “O‘zbek va xorijiy tillar”
kafedrasi tomonidan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” nomli tadbir hamda ushbu mavzu doirasida yozilgan
maqolalar mualliflarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirni Universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
D.Sh. Mirdjalilova ochib berdi. Dastlabki kirish qismida “O‘zbek va xorijiy
tillar” kafedrasi mudiri X. Zakirova tadbirning mazmun-mohiyati, maqsadi hamda
Konstitutsiya bilan bog‘liq muhim jihatlar yuzasidan ishtirokchilarga qisqacha
ma’lumot berdi
Shuningdek, ilmiy maqolalar tanlovining eng yaxshi mualliflarini
tayyorlashda dotsent A. Nasreddinov, katta o‘qituvchi Ch. Azimova va assistent
O. Fattoeva faol ishtirok etdilar.
Tadbirga Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq
nazariyasi” kafedrasi professori Igor Vladimirovich Kudryavtsev hamda
o‘qituvchi Jahongir Abdumatalliyevich Qurbanov mehmon sifatida qatnashishdi.
