Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Menejment” fakultetining
birinchi bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiya – kelajakka tahdid”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat
bo‘limi boshlig‘i M. Isakjanov hamda fakultet dekani Z. Abduvaliev ishtirok
etdilar.
Suhbat davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning jamiyat va ta’lim tizimiga
salbiy ta’siri, shuningdek, uning kelajak avlod rivojiga tahdid soluvchi omil
ekanligi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalarga halollik, vijdon va mas’uliyat kabi
insoniy qadriyatlarni hayotda ustuvor tamoyil sifatida shakllantirish zarurligi
ta’kidlandi.
Ma’ruzachilar yoshlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish, qonunlarga
hurmat bilan yondashish hamda bilim va mehnat orqali muvaffaqiyatga erishishga
chorladilar.
Davra suhbati ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar mavzu yuzasidan o‘z
fikrlarini bildirdilar, qiziqtirgan savollariga javob oldilar va faol ishtirok
etishdi.
