Toshkent arxitektura-qurilish universitetida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida professor-o‘qituvchilar
ishtirokida “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajakning kafolati” mavzusida
seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish va
komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish
masalalariga bag‘ishlangan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan
Murojaatnomasida ilgari surilgan dolzarb fikrlar, shuningdek, “O‘zbekiston
Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini
yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–270-son Farmoni (2025-yil 30-dekabr)ning
mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
- komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini kuchaytirish;
- manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlarini
takomillashtirish;
- byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish ustidan nazoratni
ta’minlash;
- ta’lim tizimida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash.
Shuningdek, seminar davomida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirish adolatli va barqaror kelajakni ta’minlashning muhim omili
ekanligi alohida ta’kidlandi.
