Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi
Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Oʻzbekiston
Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Suvon Meliyev, Muhammad Yusuf
nomidagi jamoat fondi rahbari, "Oltin qalam" gazeta bosh muharriri
Nazira As-salom, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar uyushmasi
a'zosi, "Doʻstlik" ordeni sohibi Toʻlqin Eshbek, Yoshlar masalasi va
ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov, dekan muovinlari, tyutorlar va
talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
“Ma’rifat ulashib" loyihasi Toshkent arxitektura-qurilish
universitetida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning izchil tizimini shakllantirish,
talabalarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularni barkamol shaxs
sifatida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Loyiha nafaqat adabiyot va ijodga
mehr uyg‘otadi, balki yoshlar qalbida ezgulik, insonparvarlik va milliy g‘urur
tuyg‘ularini mustahkamlaydi.
Ijodiy uchrashuvda adiblar oʻzlarining hayot va ijod yo‘li, ustozlar
o‘gitlari, shoir yuragining hamisha uyg‘oqligi haqida so‘zladi. Adiblar
oʻzlarining she’rlaridan namunalar o‘qib berish bilan birga, ularning yozilish
tarixi bilan ham o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv davomida iqtidorli talabalarimiz tomonidan Choʻlpon
hayotidan saxna koʻrinishi ijro etildi, go'zal talaba qizlar raqsga tushdilar,
shuningdek xushovoz talaba tomonidan jonli ovozda aytilgan diltortar navolar
tadbir qatnashchilari qalbiga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Tadbir soʻngida Yoshlar masalasi va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori
S.Mardov universitet nomidan mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, estalik
sovgʻalar taqdim etdi.
