Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Munozara” debat musobaqasining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi
Joriy
yilning 25-sentabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Munozara”
debat musobaqasining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning
Arxitektura fakultetidan “Arxitektor”, “Zukkolar”, “TAQU DEBAT”, “Zehn”,
Qurilish fakultetidan “Notiqlar”, “Yuksalish”, “Idrok”, Menejment fakultetidan
“Yangi nigoh”, “Strateglar”, “Fikr maydoni”, “Intelekt”, Muhandislik
fakultetidan “Tafakkur”, “Notiqlar”, “Argument” jamoalari faol ishtirok
etishdi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqada ishtirokchilar
o‘zlarining mantiqiy fikrlash, notiqlik, dalillar asosida fikr yuritish hamda
munozara olib borish ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Hakamlar hayatining yakuniy natijalariga ko‘ra, Muhandislik fakultetining
“Tafakkur” jamoasi munosib ravishda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning
keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Gʻoliblar
diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
