Toshkent arxitektura-qurilish universitetida navbatdagi Universitet kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilish davomida kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar keng
muhokama qilinib, ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot
faoliyatini rivojlantirish hamda universitet boshqaruv tizimini yanada samarali
tashkil etishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, universitet rektori B.A. Tulaganov tomonidan Kengash
a’zolariga universitetning joriy yil davomida amalga oshirilgan faoliyati
yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi. Unda erishilgan natijalar, yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar
tahlil qilinib, kelgusi yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar va istiqbolli
amaliy rejalar atroflicha bayon etildi.
