Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim oluvchi izlanuvchilarning chorak monitoringi o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oliy ta’limdan keyingi
ta’lim tizimida tahsil olayotgan izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini baholashga
qaratilgan yarim yillik monitoring jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Monitoring davomida izlanuvchilarning dissertatsiya mavzusi doirasidagi
ilmiy izlanishlar holati, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda
kelgusidagi rejalar atroflicha muhokama qilindi.
Ilmiy rahbarlar tomonidan izlanuvchilarning faoliyatiga doir tegishli
tavsiyalar berildi.
Monitoring natijalari asosida ilmiy izlanishlarning sifatli va o‘z
vaqtida yakunlanishini ta'minlash maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilandi.