Toshkent arxitektura-qurilish universitetida o‘quv seminar o‘tkazildi

Universitet ishchi xodimlari uchun “Mehnat sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni oldini olish va kasb kasalliklarini profilaktika qilish” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

Tadbir Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig'i O. Berdiyorov va Yong'in xavfsizligi instruktori R. Axunovlar hamda “EKO-BIO-TEST” MChJ raisi, t.f.d. O‘tkir Adilov ishtirokida o‘tkazildi.

Seminarda mehnat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni oldini olish, kasb kasalliklarini erta aniqlash hamda ularning profilaktikasi masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mehnat muhofazasiga oid videoroliklar namoyish etilib, ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.