Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Oʻzbekiston - millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida festival boʻlib oʻtdi
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli
millat va din vakillarining umumiy qadriyatlari, madaniy merosi va do‘stlik
g‘oyalarini targ‘ib etish maqsadida “Oʻzbekiston - millatlararo totuvlik va
diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida festival boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini
boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov kirish soʻzi bilan ochib,
ishtirokchilarni tadbirning asosiy maqsadi bilan tanishtirdi. O‘zbekistonda
istiqomat qilayotgan turli millat va din vakillarining umumiy qadriyatlari,
madaniy merosi va do‘stlik g‘oyalarini targ‘ib etishdan iborat ekanligi
ta’kidlandi.
Festival juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z
chiqishlari va namoyishlari bilan tadbirning maqsad va vazifalarini amalga
oshirishga faol hissa qo‘shdi. Turli millat va din vakillari o‘rtasida
hamjihatlik muhiti yaratildi, yoshlar milliy va umuminson qadriyatlarga hurmat
bilan tarbiyalandi. Har bir jamoa o‘z san’ati va ijodiy chiqishlari bilan
festivalning ma’naviy-ma’rifiy muhitini boyitdi, ularning chiqishlari tadbir
samaradorligini oshirdi va tomoshabinlarda katta qiziqish va ehtirom uyg‘otdi.
Tanlov natijasiga koʻra:
1-o‘rin: Arxitektura jamoasi
2-o‘rin: Muhandislik jamoasi
3-o‘rin: Menejment va Qurilish jamoalari gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.
Barcha ishtirokchilarning chiqishlari shaffof va adolatli tarzda
baholandi.
