Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Penopleks” kompaniyasi ishtirokida seminar tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalarni soha bo‘yicha
yetuk mutaxassis sifatida shakllantirish, ularni amaliyotga yaqinlashtirish va
mavjud hamkorliklarni yanada mustahkamlash maqsadida “Penopleks” kompaniyasi
mas’ul xodimi Maxmud Jamalov ishtirokida seminar tashkil etildi.
Tadbirda “Qurilish materiallari va konstruktsiyalari texnologiyasi”
kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etdilar.
Seminar davomida:
- talabalar egallashi zarur bo‘lgan zamonaviy ko‘nikmalar,
- xalqaro sertifikatlarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishdagi o‘rni,
- muvaffaqiyatli karyera qurish uchun muhim omillar kabi mavzular
atroflicha yoritildi.
Uchrashuv davomida talabalarning qiziqarli savollariga javob berildi,
sohaga oid amaliy tavsiyalar taqdim etildi hamda universitet va sanoat
korxonalari o‘rtasidagi hamkorliklarni yanada rivojlantirish istiqbollari
muhokama qilindi.
