Toshkent arxitektura-qurilish universitetida qurilish yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida HANDS Academy vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Uchrashuv davomida talabalarga Yaponiyada karyera qilish imkoniyatlari,
yirik yapon kompaniyalariga ishga qabul qilish jarayonlari hamda kasbiy
rivojlanish istiqbollari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, HANDS Academy orqali Yaponiyaning zamonaviy qurilish
texnologiyalarini o‘rganish, yapon tilini (JLPT N2 darajasi) va biznes
madaniyatini egallash imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mazkur uchrashuv talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish, kelajakdagi
kasbiy faoliyatini xorijda davom ettirish hamda raqobatbardosh mutaxassis
sifatida shakllanish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.
