Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Rektor kubogi” tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakulteti
tyutorlari boshchiligida talabalar o‘rtasida shaxmat va shashka sport turi
bo‘yicha “Rektor kubogi” tashkil etildi.
Unda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish va talabalarning boʻsh
vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha ustuvor vazifalar amalga
oshirilmoqda.
Bundan koʻzlangan maqsad talaba-yoshlarni aqliy rivojlantirish, sogʻlom
turmush tarzini tashkil etish hamda sport mashgʻulotlariga doimiy ravishda jalb
etishdan iborat.
Quyidagi talabalar gʻolib deb topildi:
- Sherketov Izzet 40-25 guruh
talabasi;
- Xudoynazarov Davron 41-25 guruh
talabasi;
- Alimov Otabek 41-25 guruh
talabasi.
Gʻoliblar rektor va yoshlar uchrashuvida universitet
rektori B.Tulaganov tomonidan taqdirlandi.
