Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Sogʻlom turmush tarzi - toʻgʻri yashash ramzi" mavzusida ayollar oʻrtasida "Futbol" sport turi musobaqasi boʻlib oʻtdi
Unda universitetning
Sport klub rais oʻrinbosari Gʻ.Ibragimovich, universitet Xotin-qizlar
kengashi raisi N.Kurbanova, ayol professor-oʻqituvchilar va xodimlar ishtirok
etdilar. Oʻzbekistonda ayollar futboli ayollar oʻrtasida rivojlanib borayotgan
sport turi hisoblanadi. Hozirda Oʻzbekistonda 18 ta professional va bir qancha
havaskor ayollar futbol klublari mavjud boʻlib, ular oʻrtasida Oliy Liga,
Birinchi Liga, Oʻzbekiston kubogi va Oʻzbekiston Superkubogi musobaqalari
oʻtkazilib kelinmoqda. Ajabmas universitetimiz latofatli, go'zal, har ishda
mukammal ayollar jamoasi ushbu musobaqalarda qatnashib, g'oliblikni qo'lga
kiritsa.
Universitetda
oʻtkazilgan musobaqa natijalariga koʻra quyidagilar gʻolib deb topildi:
1-oʻrin Arxitektura
jamoasi,
2-oʻrin Qurilish
jamoasi,
3-oʻrin Rektorat jamoasi.
Barcha gʻolib jamoalarni muborakbod etamiz! Musobaqa koʻtarinki ruhda judayam qizgʻin boʻlib oʻtdi. Barcha ishtirokchilar koʻtarinki kayfiyatda qatnashdilar.