Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar o‘rtasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi
mutaxassislari ishtirokida talabalar o‘rtasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi.
Mazkur so‘rovnoma ta’lim jarayonining sifati, talabalarga yaratilgan
o‘quv sharoitlari hamda ta’lim xizmatlaridan qoniqish darajasini aniqlash
maqsadida tashkil etildi. So‘rovnoma onlayn formatda o‘tkazilib, unda
universitet talabalari faol ishtirok etdi.
So‘rovnoma natijalari ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud
muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif hamda
xulosalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o‘tamiz, so‘rovnomada hali ishtirok etmagan talabalar quyidagi
havola orqali qatnashishlari mumkin: https://survey.hemis.uz/
