Toshkent arxitektura-qurilish universitetida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Geomatika muhandisligi” kafedrasi  professor-o‘qituvchilari ishtirokida poytaxtimizning Yashnobod tumanlarida joylashgan 67, 149, 151, 166, 204, 206, 226, 244 hamda Al Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalari maktablarida targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi. Mazkur uchrashuvlar davomida maktab bitiruvchilariga universitet faoliyati, qurilish sohasi va geomatika muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi hamda videolavhalar orqali batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari va shakllari, qabul jarayonlari va tartibi, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, maxsus nomdor stipendiyalar, bepul tayyorlov kurslari va xalqaro hamkorlik aloqalari haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. Targ‘ibot ishlari natijasida bitiruvchilar qurilish sohasi va muhandislik kommunikatsiyalari yo‘nalishlari haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lishdi, bu esa ushbu sohaga bo‘lgan qiziqishning ortishiga xizmat qildi. Uchrashuv davomida ular o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi.