Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tyutorlik lavozimiga nomzodlarni jalb etish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilinadi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tyutorlik lavozimiga nomzodlarni jalb etish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilinadi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tyutorlik lavozimiga nomzodlarni jalb etish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov doirasida nomzodlar bilan 2025-yil 20-noyabr kuni soat 14:00 dan boshlab ishga qabul qilish bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.

📍 Suhbat joyi: Universitet bosh binosi, 5-qavat, 502-xona.

    Nomzodlarga qo‘yiladigan malaka talablari:

  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzallik beriladi);
  • 25 yoshdan kichik, 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yoshdan) katta bo‘lmasligi;
  • Pedagogik, psixologik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy yoki ta’lim tizimida boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullangan, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi (2 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lganlarga ustuvorlik beriladi);
  • Qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lishi;
  • Namunali shaxsiy fazilatlarga — intellekt, madaniyat, ijodkorlik, xushmuomalalik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi; mas’uliyat hissi va mustaqil ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur.

 Eslatma: Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar belgilangan sana va vaqtda suhbatda shaxsan ishtirok etishlari lozim.