Toshkent arxitektura-qurilish universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida A. Kuatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida talabalar almashuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mutaxassislarni kafedralar o‘rtasida jalb etish, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda boshqa turdagi ilmiy va o‘quv adabiyotlarini birgalikda tayyorlash va nashr etish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi. Mazkur hamkorlik kelgusida ta’lim sifatini oshirish va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.