Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ustoz-shogird an’analari izchil davom etmoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Bino va inshootlar
qurilishi kafedrasi professori Miralimov Mirraxim Mirmaxmudovich talabalar
bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ustoz universitetimizda so‘nggi yillarda keng yo‘lga
qo‘yilgan ustoz-shogird an’analarining mazmun-mohiyati, talabalarning kasbiy
rivojlanishidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, professor Miralimov vazirliklar tomonidan talabalar va
ularning ota-onalariga yo‘llangan murojaatnoma videoroligini taqdim etib, unda
yoshlarga giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida berilgan
ogohlantirishlarni alohida ta’kidladi.
Uchrashuv davomida talabalar universitetda amalga oshirilayotgan
yangiliklar, o‘zgarishlar va imkoniyatlar haqida ham ma’lumotga ega bo‘ldilar.
