Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Xalqaro tabiiy ofatlarni kamaytirish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
2025-yil 24-oktabr kuni TAQUda Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi hamda
Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida “Favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish”
mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbir 13-oktababr – Xalqaro tabiiy ofatlarni kamaytirish kuni
munosabati bilan o‘tkazilib, unda Bino va inshootlar qurilishi fakultetining
2-kursida tahsil olayotgan 120 nafar talaba hamda ularning
o‘qituvchi-tyutorlari ishtirok etdilar.
Tadbirda universitet Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i O.
Berdiyorov, yong‘in xavfsizligi instruktori R. Axunov, shuningdek Yunusobod
tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari katta leytenant J. Xujamberdiyev
va A. Abduazizovlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida talabalar va o‘qituvchilarga favqulodda vaziyatlarning
oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda bunday holatlarda to‘g‘ri
harakatlanish tartibi haqida amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Tadbirning maqsadi yoshlarni ogohlikka, xavfsizlik qoidalariga rioya
etishga va favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishdir.
