Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yakuniy nazorat imtihonlari korrupsiyadan xoli tarzda tashkil etilmoqda

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2024-2025 o‘quv yilining bahorgi semestri uchun yakuniy nazorat imtihonlari shaffoflik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda. Universitet rektorining 2024-yilgi 480-son buyrug‘iga asosan, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida tegishli ishchi guruh tomonidan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibiga O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Q. Raximov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi I. Toshev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov hamda “Menejment” fakulteti dekani Z. Abduvaliev kirgan. Ishchi guruh a’zolari “Menejment” va “Muhandislik” fakultetlarining 2 va 3-bosqich talabalari ishtirok etayotgan yakuniy nazorat imtihonlariga tashrif buyurib, baholash jarayonlarining ochiqligi va adolatliligini ta’minlash maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar. Unda talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularga imtihon va nazorat ishlari jarayonida noqonuniy holatlar kuzatilgan taqdirda bu boradagi murojaatlarni ishonchli aloqa kanallari orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga yetkazishlari zarurligi haqida ma’lumot berildi.