Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yangi Ilmiy kengash faoliyatini boshladi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo'yicha ilmiy darajalar beruchi PhD.26/12.02.2025.I.11.04 raqamli Ilmiy kengash o‘z faoliyatini boshladi.

2025 yil 5 noyabr Ilmiy kengashning 1-sonli majlisida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti mustaqil tadqiqotchisi Kurbaniyazov Shaxzodbek Karimovichning 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” hamda 08.00.13 – “Menejment” tutash ixtisosliklari bo‘yicha tayyorlangan “Qurilish materiallari sanoati korxonalarida korporativ boshqaruvning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir universitetda iqtisodiyot sohasidagi ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va yosh olimlarni rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.