Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yangi tashabbus!
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 1-bosqich talabalari
orasidan “Aksilkorrupsiya volontyorlari” guruhi tashkil etildi. Mazkur
loyihaning asosiy maqsadi — ta’lim muassasamizda halollik, shaffoflik va adolat
tamoyillarini rivojlantirish, shuningdek, yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi
madaniyatni kuchaytirishdan iborat.
Volontyorlarning dastlabki yig‘ilishida guruhning vazifalari,
kelgusidagi rejalari hamda amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar yuzasidan
muhokamalar olib borildi. Talabalar tashabbuskorlik bilan, faol va yuqori
qiziqish bilan ishtirok etishdi.
