Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi
15-mart
kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yashil makon”umummilliy
loyihasi doirasida ekologik targ‘ibot va obodonlashtirish ishlari amalga
oshirildi. Tadbir davomida
universitet hududida 300 ga yaqin mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari
ekilib, “Ziyolilar bog‘i” tashkil etildi. Mazkur tashabbus atrof-muhitni yanada
yashil va ekologik toza hududga aylantirish, shuningdek, talabalar hamda
professor-o‘qituvchilar uchun qulay muhit yaratish maqsadida tashkil etildi. Aksiya
universitet jamoasi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanib,
professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda xodimlar faol ishtirok etdilar. Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati ushbu loyihaning universitet
ekologik muhitini yaxshilashga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etib, bunday
xayrli tashabbuslar doimiy ravishda davom ettirilishini ma’lum qildi. Ko‘kalamzorlashtirish
ishlari nafaqat tabiiy muhitni yaxshilashga, balki yosh avlodda ekologik
madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.