Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 1-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 1-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Kurbanova, Xotin-qizlar kengashi a’zolari, universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F. Kasimova, shuningdek Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori mayor A. Shodiyev ishtirok etdi.

Uchrashuvda talaba-qizlarga odob-axloq, milliy qadriyatlar, oila mustahkamligi, yong‘in xavfsizligi va huquqiy madaniyat masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Unda F. Kasimova “Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas’ulmiz” mavzusida ma’ruza o‘qib, oila totuvligi va mehr-oqibat muhimligini ta’kidladi. Mayor A. Shodiyev TTJda xavfsizlik va tartib-intizomni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. R. Axunov esa yong‘in xavfsizligi qoidalari, evakuatsiya tartibi va 101 raqamiga tezkor murojaat qilish bo‘yicha amaliy maslahatlar berdi.

Shuningdek, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Kurbanova va xotin-qizlar kengashi a’zolari talabalarning qobiliyatlarini amaliy qo‘llab-quvvatlash, liderlik salohiyatini oshirish hamda faol jamoatchilikka jalb etish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdilar.

Tadbir davomida talabalar yashash sharoitlarini yaxshilash, ijodiy to‘garaklar tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida o‘z takliflarini bildirdilar. Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tib, talaba-qizlarda faollik, mas’uliyat va ijobiy hayotiy qarashlarni yanada mustahkamladi.