Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 2-sonli talabalar turar joyida talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 2-sonli talabalar turar joyida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S. Mardov boshchiligida, fakultetlar dekan muovinlari Yo. Mamashoripov, H. Xolov, U. Inayatov hamda U. Madaminovlar ishtirokida talabalar yashash sharoitlarini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida talabalar turar joyidagi xonalar, umumiy foydalanish hududlari, sanitariya-gigiyena holati hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, o‘qish jarayoni va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq fikr va takliflari tinglandi.