Toshkent arxitektura qurulish universitetida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida psixologik seminar o'tkazildi

Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida universitet psixologi Toshkent arxitektura-qurulish universitet psixologi tomonidan “Talaba qizlarni oilaviy hayotga va turmushga psixologik tayyorlash” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Unda psixolog M.Obidova va Qurulish fakulteti talaba-qizlari ishtirok etdi.

Trening davomida qizlarga oilaviy hayotga psixologik tayyorlash, ularni nikoh oldi omillari, nikohga yetuklik bosqichlari to‘g‘risida psixologik tushunchalar berildi. Jamiyatimizda xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qizlarning or-nomusi va qadr-qimmatlarini oshirishlari, o‘z erkinliklarini daxlsizligini ta’minlashlariga erishishlari tushuntirildi.

Treningda talaba qizlar bilan turli xil psixologik texnikalar va mashqlar bajarildi. Tashkil etilgan seminar-trening talaba qizlar uchun foydali va mazmunli bo‘lib o‘tdi.