Toza hudud fleshmobi

Toza hudud fleshmobi
Toza hudud fleshmobi
Toza hudud fleshmobi
Toza hudud fleshmobi
Toza hudud fleshmobi

15 may – Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti talabalari tashabbusi bilan

Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida

ekologik targ‘ibot tadbiri —“Toza hudud” fleshmobi tashkil etildi!

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad:

Yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish;

Atrof-muhitni muhofaza qilish g‘oyalarini keng targ‘ib qilish;

Tabiatni asrash borasida jamoatchilik e’tiborini kuchaytirish.

Fleshmob doirasida talabalar bog‘ hududini tozalash ishlarida faol ishtirok etib, “Toza shahar – sog‘lom hayot” shiori ostida atrof-muhitni asrashga chorlovchi ijtimoiy aksiyalarni amalga oshirishdi.

Tabiat – bizning uyimiz! Unga nisbatan ehtiyotkorlik – kelajak avlod uchun mas’uliyat!