Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025 yil yakunlari muhokama qilindi
Universitetda Korrupsiyaga qarshi kurashish va “komplaens-nazorat”
tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar
yuzasidan axborot-taqdimot tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbir bo‘lim faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va adolat
tamoyillarini ta’minlash, shuningdek korrupsiyaga qarshi targ‘ibot va
profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida universitet jamoasi uchun
tashkil etildi.
Taqdimot davomida hisobot davrida:
- amalga oshirilgan aksilkorrupsiya tadbirlari;
- korrupsiyaga qarshi targ‘ibot va profilaktik ishlar samaradorligi;
- talaba hamda professor-o‘qituvchilarning huquqiy ongini oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlar;
- aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ularni bartaraf etish
yuzasidan ko‘rilgan choralar;
- kelgusi davr uchun belgilangan ustuvor vazifalar va rejalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish va “komplaens-nazorat” tizimini
boshqarish bo‘limi faoliyati bo‘yicha universitet jamoatchiligi oldida
hisobdorlikni ta’minlash, amalga oshirilgan ishlar haqida ochiq va shaffof
axborot yetkazish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik
ishonchini mustahkamlashga qaratilgan muhim axborot tadbiri sifatida ahamiyat
kasb etdi.
