“Ustozim – hayotim chirogʻi” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi
Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik”
kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan “Ustozim – hayotim chirogʻi”
mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda talabalar orasida ustoz va o‘qituvchilarga hurmat, bilimga intilish
va ma’naviy qadriyatlarni oshirishga qaratilgan suhbatlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalar
uchun maxsus maqol o‘yinlari tashkil qilindi, unda ishtirokchilar o‘zlarining
tafakkur qobiliyati va bilimlarini sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bellashuvda quyidagi talabalar gʻolib boʻldilar:
•1-oʻrin: 21-24 QMo‘ guruh talabasi Nekov Sanjar;
•2-oʻrin: 28-23 GGo‘ guruh talabasi Moyliyev Xasan;
•3-oʻrin: 42-23 PTo‘ guruh talabasi Asrorov Dilshod.
Gʻoliblar kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan maxsus
sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Talabalar ustozlarga hurmat va ehtiromni kuchaytiruvchi, bilimga
intilish va ma’naviy tarbiya haqida falsafiy va ma’rifiy tushuntirishlar
oldilar, bu esa ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qildi.
