“Vatan bo‘ylab sayohat”

“Vatan bo‘ylab sayohat”
“Vatan bo‘ylab sayohat”
“Vatan bo‘ylab sayohat”
“Vatan bo‘ylab sayohat”

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti talabalari hamda guruh tyutorlari boshchiligida “Vatan bo‘ylab sayohat” shiori asosida “Vatanparvarlik o‘lka tarixini o‘rganishdan boshlanadi” mavzusida ko‘hna va navqiron Samarkand shahriga sayoxat uyushtirildi. Talabalar sayoxatni “Samarkand sity” shaharchasidan boshlashdi. U yerda Sherdor madrasasi, Registon maydoni maketlari va Eski Samarqand bozor rastalari bilan yaqindan tanishdilar. So‘ngra shahar markazidagi buyuk sarkarda Amir Temur maqbarasiga, Go‘ri Amir maqbarasiga, Registon maydoniga, Bibi xonim, Shoxi Zinda maqbaralari, Sherdor madrasasiga bordilar. Universitetimizning talabalar orasida chet elik ya’ni Rossiya,  Qozog‘iston  talabalar tahsil olishadi va ular ham birgalikda talabalarimiz qatorida Samarqand shahriga tashrif buyurishdi. Sayoxat davomida talabalar Buyuk ajdodlarimizning tarixi bilan yaqindan tanishdilar hamda ushbu majmualarni ziyorat qilish davomida uning arxitekturasi bo‘yicha qiziqib ko‘pgina ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.Shu bilan birga ekskursiya    chog‘ida talabalar madaniy xordiq chiqarib katta tassurotlar bilan qaytdilar.