Vazir va Yoshlar!
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sh.Hidoyatovning yoshlar
bilan muloqoti.
Uchrashuvni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori
B.A.Tulaganov kirish so'zi bilan ochib, so'zni Qurilish va uy-joy kommunal
xo‘jaligi vaziri Sh.Hidoyatovga berdi.
Vazir so‘zining avvalida bugungi kunda mamlakatimizda davlatimiz rahbari
boshchiligida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida amalga
oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan,
sohada zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish, shaharsozlikni yangi
bosqichga ko‘tarish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, shuningdek,
raqamlashtirish jarayonlari izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Suhbat davomida davomida vazir yoshlarga murojaat qilib, ulardan
ijodkorlik, tashabbuskorlik va yangicha fikrlashni talab etuvchi global
jarayonlarga faol qo‘shilishni ta’kidladi.
“Butun dunyo sayyohlarini lol qoldiradigan, O‘zbekistonning o‘ziga xos
imzosiga aylanadigan binolarni loyihalashtiringlar. Har
biringizning yaratuvchanlik ruhingiz, intilish va g‘oyalaringiz natijasida
Vatanimizda o‘z davrining timsoliga aylangan, avlodlar faxr bilan eslaydigan
me’moriy obidalar qad rostlashi kerak. Sizlarning chizgan loyihangiz,
yaratayotgan inshootlaringiz nafaqat o‘quv jarayonidagi mashq, balki
yurtimizning kelajak qiyofasini belgilab beradigan bebaho meros bo‘lishini
istardim”, - deya ta’kidladi vazir.
Shuningdek, talabalar tomonidan erishilayotgan yutuqlarni e’tirof
etilib, ularga ilmiy izlanishlarda faol bo‘lish, xalqaro tanlovlarda munosib
ishtirok etish va o‘z ustida doimiy ishlash zarurligi alohida qayd etildi.