Xalqaro hamkorlik
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetining "Arxitektura" fakultetida
nufuzli xalqaro mehmon — Malaya universiteti (Malayziya) doktori, professor Dr.
Sharyzee Mohmad Shukrini ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu
seminar professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda magistrantlar uchun tashkil
etilib, unda ilmiy maqolalarni xalqaro miqyosdagi, xususan, QS reytingidagi
jurnal va nashrlarda chop etish jarayonining bosqichlari, maqola yozishning
ilmiy-me’yoriy talablari, tahririy jarayon va nashr etish strategiyalari haqida
atroflicha ma’lumot berildi. Trening davomida ishtirokchilar o‘zlarini
qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda xalqaro ilmiy hamkorlik
yo‘nalishlarida tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Mazkur seminar
ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, yosh tadqiqotchilarni ilmiy
jurnallarda faol ishtirok etishga yo‘naltirish hamda universitetning xalqaro
reytinglardagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.