Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025-yil 9-noyabrdan
9-dekabrgacha davom etadigan Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish oyligiga
start berildi.
Mazkur oylik doirasida universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish
madaniyatini yuksaltirish, halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini
targ‘ib qilishga qaratilgan turli tadbirlar, seminarlar va chellenjlar tashkil
etiladi.
Barchani ushbu oylik doirasida o‘tkaziladigan tadbir va chellenjlarda
faol ishtirok etishga chorlaymiz!
