Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida professional ta’lim sohasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamkorligida
Xitoy Xalq Respublikasining Chjeszyan qurilish kolleji Xalqaro hamkorlik
bo‘limi direktori Xu Dan O‘zbekistondagi qator kasb-hunar ta’lim muassasalari
rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Sergeli tumani politexnikumi, Olmaliq
qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi, Sirdaryo arxitektura va qurilish
texnikumi hamda Qashqadaryo arxitektura va qurilish texnikumi rahbarlari
ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuv doirasida ikki davlat professional
ta’lim muassasalari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha
kelishuvga erishildi:
➡️Talabalar uchun qisqa muddatli o‘quv
dasturlarini joriy etish
➡️Kreditlar almashinuvini tashkil etish
➡️Talabalarni xalqaro olimpiadalarda
ishtirok etishga tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash
➡️O‘qituvchilarning malaka va ilmiy
salohiyatini oshirish
➡️Ta’lim muassasalarini boshqarishda
tajriba almashish
➡️Iqtidorli kadrlarni birgalikda
tayyorlash
➡️Xorijiy til va kasbiy ko‘nikmalarni
o‘qitishni rivojlantirish
➡️Kasbiy ta’lim standartlarini ilgari
surish
➡️Yuqori sifatli o‘quv-resurslarni
joriy etish
➡️Xalqaro konferensiyalar va
tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish
➡️O‘zaro rivojlanishga xizmat qiladigan
va xalqaro ta’lim maydonidagi ta’sirni kuchaytiradigan almashinuv loyihalarini
amalga oshirish.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv
memorandumlarini imzolab, istiqboldagi qo‘shma tashabbuslarni mustahkamlashga
kelishib oldilar.