"YASHIL TASHABBUS" TANLOVI BILAN KELAJAKNI OʻZGARTIRING!

"YASHIL TASHABBUS" TANLOVI BILAN KELAJAKNI OʻZGARTIRING!

    Sizda atrof-muhitni asrash boʻyicha innovatsion gʻoya yoki tayyor loyiha bormi? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun! Respublika miqyosidagi "Yashil tashabbus" tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.
    Tanlov quyidagi 3 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:
  •     A yoʻnalishi: Atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlarini yumshatish va chiqindilarni qayta ishlash.
  •     B yoʻnalishi: Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish.
  •     D yoʻnalishi: Innovatsion ekologik texnologiyalar, qurilmalar va veb-ishlanmalar.
  • Arizalar qabuli: 20-fevralga qadar.
  • Hududiy bosqich: 15-martga qadar.
  • Respublika bosqichi: 10-aprelga qadar.

    Arizalar faqat yashiltashabbus.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

    ⚠️ Eslatma: Har bir ishtirokchi faqat bitta loyiha bilan qatnashishi mumkin.
    "Yashil energiya va innovatsion texnologiyalar orqali tabiatni asrashga oʻz hissangizni qoʻshing!