Yer yuzining sayqali, zaminning eng qadimiy shaharlaridan biri boʻlgan - Samarqandga sayohat
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
professor-oʻqituvchilari, tyutorlari hamda talabalari yurtimizning ichki
turistik imkoniyatlaridan foydalanish, ko‘hna obidalar va diqqatga sazovor
joylarni ko‘rib, uning tarixi bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand
shahriga sayohat uyushtirishdi. Sayohat davomida buyuk davlat arbobi va
sarkarda Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi
va muzey majmuasi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabri va yodgorlik
majmuasi, Shohi Zinda majmuasi kabi Samarqandning go‘zal va betakror
manzilgohlarida bo‘lib, ular to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega
bo‘lishdi.