Yerimbetov Berdimurat Karlibayevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz

Yerimbetov Berdimurat Karlibayevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli bir martalik Ilmiy kengash qoshidagi Bir martalik Ilmiy seminar yig‘ilishi 2025 yil 19 noyabr kuni soat 10:00 da o‘tkazilishi va uning kun tartibida quyidagi dissertatsiya muhokama etilishi belgilandi:

Doktorant Yerimbetov Berdimurat Karlibayevichning 05.09.05–“Qurilish materiallari va buyumlari” va 02.00.15–“Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi” ixtisosliklari bo‘yicha «Uchsay bentoniti va ikkilamchi resurslar asosida keramzit ishlab chiqarishning energosamarador texnologiyasi» mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.

Ilmiy rahbarlar: t.f.d., k.i.x. Sabirov B.T.; PhD, dots. Purxanatdinov A.P.

Manzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat, Faollar zali. Tel/faks: (55) 508-50-14, 508-03-12, e-mail: devon@taqu.edu.uz