Yosh ekologlar amaliy mashg‘ulotlarda bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi "Yosh ekologlar" qanoti
tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan "Eko volontyorlar" loyihasining II
mavsumi doirasida navbatdagi tadbirlar ham qiziqarli tarzda, amaliy
mashg‘ulotlar bilan o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekistondagi ekologik muammolar,
ularni hal etishda jamoat tashkilotlarining o‘rni, shuningdek, ekologiya va
inson salomatligi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haqida muhim ma’lumotlarga ega
bo‘lishdi.
"Ekolog.uz" rahbari, taniqli eko-jurnalist Nargiza Qosimova
"O‘zbekistonda ekologik muammolarga qarshi Ekolog jamoat birlashmasi
qanday kurashmoqda?" mavzusida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berdi
Toshkent davlat tibbiyot universitetining 6-kurs talabalari, "Salomatlik volontyorlari" koordinatorlari Ilyosbek Tojialiyev va Abdulaziz Abduhamidov ishtirokchilarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur ma’lumot va amaliy tavsiyalarni berdilar.



