“Yoshlar jinoyatga qarshi” tanlovining universitet bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi
Joriy yilning 3-dekabr kuni universitet talabalari o‘rtasida
huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar orasida huquqiy madaniyatni
yuksaltirish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash maqsadida “Biz
jinoyatsiz kelajak sari” shiori ostida “Yoshlar jinoyatga qarshi” tanlovining
universitet bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tanlovda
universitetning barcha fakultetlaridan saralab olingan, fakultet bosqichlarida
g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli va faol talabalar ishtirok etib, ular o‘z
bilimlari, huquqiy savodxonligi hamda ijtimoiy faolligi bilan munosib
qatnashdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindor talabalar diplomlar
va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularning faolligi va tashabbuskorligi
e’tirof etildi.
1-oʻrin Buriyev Javohir
2-oʻrin Ravanbekov Kamron
3-oʻrin Ibodullayev Javohir
