Yoshlar oʻrtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktikasi tashkil etish
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchilari bilan “Yoshlar oʻrtasida
kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktikasi tashkil etish”
mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining magistratura
yo'nalishi tinglovchisi podpolkovnik J.Samandarov, Yoshlar masalalari va
ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov, Yunusobod tumani IIO FMB XPB
profilaktika katta inspektori kapitan A.Shodiyev, Yoshlar masalalari va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshligʻi N.Kurbanova, tyutorlar hamda
talaba-yoshlar tomonidan olib borildi. Unda
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov soʻzga
chiqib tadbirni ochib berdi va barchani ogohlikka chaqirdi. Ushbu targ'ibot
tadbirini o'tkazishdan asosiy maqsad talabalar o'rtasida sodir etilayotgan
axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, bezorilik, huquqbuzarliklar va
ularni oqibatlaridan ogohlikka chaqirishdan iborat. Podpolkovnik
J.Samandarov bu bo'yicha o'zining tavsiyalari bilan o'rtoqlashdi.