Yozgi maktablar targʻiboti

Yozgi maktablar targʻiboti
Yozgi maktablar targʻiboti
Yozgi maktablar targʻiboti
Yozgi maktablar targʻiboti

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2026-yil aprel oyida talabalar o‘rtasida yozgi maktablarni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir universitet prorektori S.X.Mardov talabalarga respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan yozgi maktablarning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, o‘quv dasturlari, ishtirok etish shartlari va ariza topshirish tartiblari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Xususan, yozgi maktablarning talabalarga qisqa muddat ichida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy mashg‘ulotlar va mahorat darslarida ishtirok etish hamda xalqaro ta’lim muhitida tajriba orttirish imkoniyatlarini yaratishi alohida ta’kidlandi.